
OKMK – "Navbahor". Bahs taqdirini nima hal etadi?
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev Jar stadionida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan OKMK – “Navbahor” bahsi oldidan o‘z telegram kanalida o‘yinga oid fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Uning yozishicha, bu bahs natijasi chempionatda burilish yasab yuborishi mumkin:
"Superliga shunchaki “bomba” tempda ketmoqda. To‘g‘risi, uning yakuni o‘tgan yilgidanda kattaroq rezonans berishini kutyapman. Balki, so‘nggi turda bir yo‘la O‘zbekistonning 3 shahridagi parallel o‘yinlar natijasi g‘olibni aniqlab berar) Mayli, ortiqcha intriga qilmoqchi emasman. Shunchaki, “Jar” mezbonlik qiladigan OKMK – “Navbahor” qarama-qarshiligi haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Haqiqatdan ham anchagina o‘zgacha “match”. Ikki bir-biriga uslub jihatdan o‘xshab ketadigan “yirtqichlar” to‘qnashuvi bizni kutmoqda. Menimcha, temp, o‘yin sifatida borasida bu turdagi qolgan o‘yinlardan ko‘proq narsa bera oladigan 90 daqiqa bo‘ladi.
Menga bir narsa juda qiziq. Xo‘sh, to‘p nazorati kimda ko‘proq bo‘ladi? Aynan shu faktor yakunda g‘olib nomiga aniqlik kiritib bersa kerak. Xar holda, bu bahsni bemalol 6 ochkolik o‘yinlar sirasiga kiritish mumkin. Chempionlikni “Navbahor” oldiga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa, unga birinchi qadam “JAR” arenada tashlanishi kerak. 5 - o‘yinga kelib, jamoani barcha bog‘lamlari ishga tushib ketishi lozim. Jamoalarning imkoniyati teng bo‘lgani bilan, “lochinlar”da ishga tushirish imkoni bo‘lgan resurslar ko‘proq.
Bejizga, chempionlik poygasiga “Navbahor”ni OKMK bilan bahsdan so‘ng kirishi haqida yozmadim. Mirjalol Qosimov jamoasini engish uchun Samvel Babayan jamoasini o‘sha yashirin resurslarini jangda ishlata olishi lozim.
Qiziq paradoks. OKMK ham bu yil kuchlilar ortidagi eng zo‘r o‘rtamiyona “tamg‘asidan” qutilishni istasa, katta muvaffiqaytga yo‘l aynan “Navbahor” ustidan qozoniladigan g‘alabadan so‘ng boshlanishini his qilib turibdi. Katta o‘yinga, katta qartalari bor “o‘yinchilar” kirishi kerak. Ertaga ana shunday katta o‘yin bo‘ladi. Bu endi oddiy o‘yin darajasidagi bahs emas. Istak va xohishlar to‘qnashuviga aylanib ketadigan, chempionatning ilk burilish nuqtasi!
Shu postni eslab qoling. Mavsum so‘nggida uni aslida nimaga yozganimni tushunib olasiz!"
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv bugun 18:05 da start oladi. "Dunyo Bo‘ylab" kanalida uni jonli tomosha qilishingiz mumkin!
Fikrlar