Og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘raevdan 3 ta kumush medal

CHERY AUTO

Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Bugun ham musobaqada ishtirok etgan vakilimiz terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni taqdim qildi.

Tecno

-109 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Akbar Jo‘raev dast va siltab ko‘tarish, shuningdek, ikki kurash bo‘yicha 3 ta kumush medalga egalik qildi. E’tiborli jihati, siltab ko‘tarish mashqi bo‘yicha 3 ishtirokchi bir xil 225 kilogarmm natija qayd etishgan edi, biroq urinishlar bo‘yicha hamyurtimiz yakunda yana kumush medal bilan taqdirlandi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. Batafsil:

Og‘ir atletika bo‘yicha OCh. Xitoy
Erkaklar, -109 kg:
1.Chje Yan (Xitoy) – 417 kg (192 kg + 225 kg)
2. Akbar Jo‘raev (O‘zbekiston) – 410 kg (185 kg + 225 kg)
3. Ali Hoshimiy (Eron) – 406 kg (180 kg + 25 kg)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!