Og‘ir atletika bo‘yicha Vetnam terma jamoasi Tokio Olimpiadasidan chetlashtirildi

CHERY AUTO

Og‘ir atletika bo‘yicha Vetnam terma jamoasi "Tokio-2020" yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Boisi ushbu mamlakat sportchilarining o‘smirlar o‘rtasidagi JChda topshirgan doping tahlillari musbat natija ko‘rsatgan.

Tecno

Qoidaga ko‘ra, Olimpiya kvalifikatsiyasi davrida 3 yoki undan ko‘p sportchisida doping aniqlangan terma jamoa Tokio Olimpiadasidan chetlatiladi. Shu paytgacha Misr, Tailand, Malayziya og‘ir atletika jamoalari Tokio Olimpiadasini o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan edi. Shuningdek, Ruminiya va kolumbiyalik og‘ir atletikachilarning ham ishtiroki so‘roq ostida turibdi.

Ma’lumot uchun, og‘ir atletika bo‘yicha Vetnam terma jamoasi "Pekin-2008" Olimpiadasida kumush, "London-2012! Olimpiya o‘yinlarida esa, bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!