
OFK sayti o‘zbek klubini e’tirof etdi
OFK rasmiy sayti Markaziy Osiyo milliy chempionatlaridagi jamoalarga e’tibor qaratdi. Coca Cola Superligasidan "Paxtakor" e’tirofga loyiq ko‘rildi.
AGMKning mag‘lubiyati "Paxtakor"ga qo‘l keldi
"Paxtakor" 21-tur doirasida o‘z o‘yinini o‘tkazib ulgurmagan bo‘lsa-da, bu tur ular uchun quvonchli keldi. Chunki AGMK ketmk-ket ikkinchi uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari turnir jadvalida vaqtincha peshqadamlikni qo‘lga olganidan so‘ng, omadsiz o‘yinlar boshlandi, qo‘shimchasiga, "Paxtakor" ham o‘z uchrashuvlarini o‘tkazdi va natijada, 2 ta kam o‘yin bilan "sherlar" AGMKdan 8 ochko oldinda.
Shota Arveladze shogirdlari chorshanba kuni so‘nggi 6 bellashuvni boy bergan "Mash’al"ga qarshi maydonga tushadi va bu o‘yin ularning chempionlik sari yana bir qadami bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar