
OFK rasmiy sayti OChL 4-turining eng e’tiborli masalalari qatorida AGMK o‘yinini ham e’tirof etdi
Bugundan Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-tur bahslari boshlanadi. Tur uchrashuvlari oldidan OFK rasmiy axborot manbai hisoblangan “The-afc.com” sayti eng e’tiborli savollarga to‘xtalib o‘tdi. Udar orasida “Shabab Al-Ahli” - AGMK uchrashuvi xususida ham fikrlar e’lon qilingan.
Quyida ushbu maqolani to‘liqligicha tarjima formatida e’tiboringizga havola etamiz.
- “Al-Nassr”ga 2020 yildagi Hamdallah kerak
2020 yilgi mavsumda Abdulrazzoq Hamdallah 3-tur yakunida 4 ta gol urib, jamoasini o‘z guruhi peshqadamiga aylantirib ulgurgandi. Joriy mavsumda esa, uning gollari Saudiya klubiga etishmayapti. 3 ta o‘yin davomida 15 marta raqiblar darvozasini o‘qqa tutgan marokashlik hujumchining 5 ta urinishi aniq chiqdi. U kiritgan birgina gol ham penaltidan urilgan.
2019-2020 yilgi mavsumda afrikalik futbolchi super sermahsullik ko‘rsatgandi. U ketma-ket 9 ta o‘yinda gol urib, jamoasining g‘alabalarida katta hissa qo‘shgandi. Joriy mavsumda uning o‘yini o‘xshamasligi oqibatidan “Al-Nassr” ham guruh peshqadamligida mustahkam emas.
“Al-Sadd”ga qarshi o‘yinda penaltidan kiritilgan gol uning reytingini to‘ldirib turishga xizmat qilmoqda, xolos. 3 ta tur mobaynida 9 ta golli vaziyatga ega bo‘lgan 30 yoshli futbolchi atigi 2 marotaba aniq zarba yo‘llashga erishgan.
Ha, saudiyaliklart hozirda guruh peshqadami. Ammo ularning hech birida umid so‘ngani yo‘q va barchasi pley-offga yo‘l olishi mumkin. Ushbu to‘qnashuvlarni tasodif deyishga shoshilmaslik kerak. “Al-Nassr” milliy chempionatda ham 6-pog‘onada bormoqda.
- “Traktor” duranglarni g‘alabaga aylantirishi lozim
Muhammad Abboszoda “Paxtakor” darvozasiga gol urgan paytda barchaning xayolidan “Traktor” 2016 yildan buyon ilk marotaba OChL g‘olibligini qo‘lga kiritar ekan, degan fikr o‘tgan bo‘lsa, ajab emas. Ammo o‘zbek klubi 13 daqiqa ichida 3 ta gol urib, ajoyib kambekni amalga oshirdi.
Ochig‘ini tan olib aytadigan bo‘lsak, eronliklar so‘nggi daqiqalarda belgilangan bahsli penalti bo‘lmaganda, ochkodan ham quruq qolishi aniq edi. Shundan keyin, Tabriz jamoasi keyingi ikkita o‘yinda ham “Sharja” va “Eyr Fors” bilan nursiz durang qayd etdi.
Natijalar u qadar havas qilarli darajada bo‘lmasa ham “Traktor” jadvalda ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Paxtakor” va “Eyr Fors”ning “Sharja”ga imkoniyatni boy berganini inobatga olsak, forslarda guruhni eng kamida ikkinchi o‘rin bilan yakunlash imkoni mavjud.
Ammo ushbu pog‘onani qo‘lga kiritish uchun boshqa nomzodlar ham tish-tirnog‘i bilan kurashish aniq. Oldindagi turda ularga Iroqning “Eyr Fors”i yana bir bor arqiblik qiladi. Xo‘sh, “Traktor” ilk g‘alabasini qo‘lga kirita oladimi?
- “Al-Rayyan”da so‘nggi imkoniyat
“Al-Rayyan” OChLning so‘nggi 9 marotaba guruh bosqichidan chiqa olmayapti. Bu kabi natijalarga erishish uchun ularning tarkibidan Abdulrazzoq Hamdallah va Sebastyan Soria kabi kuchli futbolchilar ham ketib qolgan.
Nomdor murabbiylar kelyapti-ketyapti. Mikael Laudrup ham “Al-Rayyan”ni pley-offga olib chiqa olmaganlar ro‘yxatini bezab turibdi. 2017-2018 yillar mobaynida qatarliklarni boshqargan daniyalik murabbiy guruh bosqichida “Al-Hilol” va “Al-Ayn” sinovidan o‘ta olmadi.
2021 yilda “Al-Rayyan” yana yulduzlar bilan OChLga tashrif buyurdi. Jamoa murabbiyligida Loran Blan ishlamoqda. “Portu” sobiq futbolchisi Yasin Brayimi ham markaziy yarim himoyada harakat qilmoqda. Ammo natijalar masalasida hech narsa o‘zgargani yo‘q.
Ilk turda mezbonlar, Hindistonning “Goa” klubiga qarshi durang qayd etgan Blan shogirdlari kelgusi turlarda “Persepolis” va “Al-Vahda”ga yutkazib qo‘ydi. “Al-Vahda”ga qarshi o‘yinda ham mag‘lub bo‘lgan taqdirda, Qatar klubi ketma-ket 10 marotaba guruhdan chiqa olmagan bo‘ladilar.
- “Shabab Al-Ahli”da hali umid bor
2020 yilda pley-offga yo‘l olgan Dubay jamoasidan yangi mavsumda ko‘prog‘i kutilgandi. Ammo ularning natijasi hatto Tojikistonning “Istiqlol” jamoasinikiga ham o‘xshamadi. Dushanbe klubi “Shabab Al-Ahli” ochko olgan yagona raqib bo‘lib turibdi.
“Al-Hilol”dan uchralgan mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qilish mumkin. Har holda, saudiyaliklar 2019 yilgi mavsum chempioni hisoblanadi. Ammo AGMKga sensatsion tarzda boy berilgan o‘yin Amirlik klubining guruhdagi imkoniyatlarini keskin pastlatib yubordi. Hisobda oldinda borayotgan “Shabab Al-Ahli” ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish haqida shirin xayol surayotgan bir paytda AGMK bahs yakunida 2 ta gol urib, tarixiy g‘alabasini tantana qilib ketdi.
AGMK va “Istiqlol”dan 3 ochkoga ortda qolayotganiga qaramay, dubayliklarda guruhdan chiqish uchun real imkoniyatlar saqlanib turibdi.
- Iroq klublariga gollar kerak
2021 yilgi mavsum OChL guruh bosqichining 3 ta turi ortda qolgan bir paytda, G‘arb mintaqasining 5 ta guruhidan 2 ta jamoa hamon golsiz o‘yinlarni qayd etib kelmoqda. E’tiborlisi, ularning ikkisi ham Iroq klublaridir. “Al-Shorta” va “Eyr Fors” umumiy 540 daqiqadan beri birorta gol urmadilar.
O‘tgan mavsumda 4 ta o‘yinda 5 ochko jamg‘argan “Al-Shorta” joriy yilgi raqiblari “Istiqlol” (Eron), “Al Ahli” (Saudiya Arabistoni) va “Al-Duxail” (Qatar) unga hech qanday imkon qoldirmayapti. Iroq klubi 3 o‘yinning barchasini boy berdi va 8 ta gol o‘tkazib yubordi. Saudiyaning “Al-Ahli”siga javob uchrashuvida ham mag‘lub bo‘lsa, musobaqa bilan rasman xayrlashadi.
“Al-Shorta”dan farqli ravishda “Eyr Fors”da imkoniyatlar ancha yaxshi. “Traktor” va “Paxtakor” bilan golsiz durang qayd etgan iqoqliklarda 2 ochko mavjud. Bu turda ular 1 ochko oldinda borib, 2-o‘rinni egallab turgan “Traktor” bilan kurashga kirishadi. Pley-offdan umidi bo‘lsa, “Eyr Fors” ikkinchi davrada gol urishga majbur. Duranglar endi ularning zarariga ishlaydi.
The-afc.com saytidan Abdulvosid Valixonov tarjimasi
Fikrlar