OFK O‘zbekiston mezbonlik qiladigan qit’a birinchiligida kimlar yulduz bo‘lishini taxmin qildi. Ular orasida hamyurtimiz ham bor!

  • 28 fevral, 2023, 15:31
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK rasmiy sayti 1 mart sanasida yurtimizda start olishi kutilayotgan (U-20) yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida porlashi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. E’tiborlisi shundaki, ular orasida kelajakda dunyo darajasidagi futbolchi bo‘lib etishi taxmin qilingan nomlarni uchratish mumkin. Xo‘sh, ular kim? Qaysi jamoa a’zosi? Bugun shu haqda atroflicha fikr yuritamiz.

Tecno

avst

Gabriel Popovich (Avstraliya)

Pozitsiya: hujumchi
Saralash bosqichidagi gollar: 3
Hozirgi klubi: "NK Rudesh", Xorvatiya ikkinchi divizioni

OFK turnirlaridagi ishtiroki: U-16 "Osiyo chempionati-2018" final bosqichi, "OChL-2020" guruh bosqichi ("Pert Glori" safida), U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

Popovich bugungi Avstraliyaning chinakam etakchisi. Xorvatiyadagi ikkinchi divizion vakili sanalgan “NK Rudesh” sharafini himoya qiladi. Qahramonimiz saralash o‘yinlarida raqib darvozasiga 3 bor gol kiritib, “kengurular”ni “H” guruhida birinchi o‘rinni olishini ta’minladi. Angliyada tavallud topgan futbolchi 2020 yildayoq U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichida o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan. O‘sha yilning so‘nggida esa “Pert Glori” safida OChLda debyut qiladi.

xito

Aifeyerding Aisikaer (Xitoy)

Pozitsiya: hujumchi
Saralash bosqichidagi gollar: 3
Hozirgi klubi: -
OFK turnirlaridagi ishtiroki: U-16 "Osiyo chempionati-2018" saralash bosqichi, U-19 "Osiyo chempionati-2020" saralash bosqichi, U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

Aisikaer Xitoy yoshlar jamoasi safida qit’a birinchiligi uchun o‘tgan saralashda to‘purar bo‘ldi. U Myanmaga qarshi bahsda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, Maldiv orollari posboni ham undan ranjidi. E’tiborlisi, u U-16 va U-19 jamoalari safida Osiyo chempionatida ishtirok etmagan. Bu futbolchi uchun debyut musobaqa!

iro

Abdulrazzoq Qosim (Iroq)

Pozitsiya: yarim himoyachi
Saralash bosqichidagi gollar: 1
Hozirgi klubi: "Ash-Shorta", Iroq Premer-ligasi
OFK turnirlaridagi ishtiroki: U-16 "Osiyo chempionati-2018" saralash bosqichi, U-16 Osiyo chempionati final bosqichi, U-19 "Osiyo chempionati-2020", U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

Abdulrazzoq Qosimning Iroq jamoasini O‘zbekistondagi musobaqaga kelishi uchun qo‘shgan xissasi ulkan. U Hindiston va Quvaytga qarshi bahslarda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan sovrinlarni o‘ziniki qilib oldi. Uni O‘zbekiston maydonlarida ham o‘zini yaxshi ko‘rsatishi taxmin qilinmoqda.

ero

Amir Ibrohimzoda (Eron)

Pozitsiya: hujumchi
Saralash bosqichidagi gollar: 6
Hozirgi klubi: "Traktorsozi", Eron Pro-ligasi
OFK turnirlaridagi ishtiroki: U-16 "Osiyo chempionati-2020" saralash bosqichi, "Osiyo Chempionlar ligasi-2021" ("Traktorsozi" safida), U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

Pandemiya sababli 2020 yilda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan Osiyo chempionati (U-16) bekor bo‘lganidan xabaringiz bor. Aynan o‘sha musobaqa saralash o‘yinlarida Amir Ibrohimzoda 5 ta gol kiritgan edi. Shuningdek, qahramonimiz Eronning “Traktorsozi” safida OChLda debyut qilishga ulgurgan. U “An-Nasr” bilan kechgan bellashuvda, ya’ni nimchorak finalda maydonda harakat qildi. Keyin O‘zbekistondagi musobaqa uchun saralash o‘yinlarida ham hujumchi o‘z an’anasiga sodiq qoldi. Yakunda 6 gol va Eron Osiyo chempionatida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

yapp

Isa Sakamoto (Yaponiya)

Pozitsiya: hujumchi
Saralash bosqichidagi gollar: 3
Hozirgi klubi: "Fagiano Okayama", J-2 ligasi
OFK turnirlaridagi ishtiroki: "OChL-2021" guruh bosqichi ("Gamba Osaka" safida), U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

“Gamba Osaka” safida porlab chiqqan yosh futbolchi ayni damda Yaponiyaning J2 ligasi a’zosi – “Fagiyano Okayama” sharafini munosib himoya qilmoqda. U ham Amir Ibrohimzoda singari qit’a birinchiligi uchun o‘tgan saralash o‘yinlarida raqiblari darvozasiga 6 bor yo‘l topgan.

morr

Muhannad Abu Taha (Iordaniya)

Pozitsiya: yarim himoyachi
Saralash bosqichidagi gollar: 5
Hozirgi klubi: "Al-Vehdat", Iordaniya Pro-ligasi
OFK turnirlaridagi ishtiroki: "OChL-2021" guruh bosqichi ("Al Vehdat" safida), U-23 "Osiyo kubogi-2022" saralash bosqichi, "OChL-2022" guruh bosqichi ("Al-Vehdat" safida), U-23 "Osiyo kubogi-2022", U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

“Al-Vehdat”ning allaqachon etakchisiga aylangan tayanch yarim himoyachisi Muhannad Abu Taha Iordaniya chempionligini qo‘lga kiritishga ulgurdi. Shuningdek, 2021 va 2022 yillarda o‘tkazilgan OChLda asosiy tarkib futbolchisi ekanini yana bir bor isbotlab qo‘ydi. U-20 Osiyo Kubogi saralashida 5 ta gol kiritib, asosiy qahramonlardan biriga aylandi.

korr

Li Yon Jun (Janubiy Koreya)

Pozitsiya: hujumchi
Saralash bosqichidagi gollar: 6
Hozirgi klubi: "Kimchxon Sanmu", K2 ligasi
OFK turnirlaridagi ishtiroki: U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

Qahramonimiz ham saralash o‘yinlarida o‘zini a’lo darajada namoyish etdi. 6 ta gol uni Janubiy Koreya U-20 jamoasining saralashdagi eng sermahsul futbolchisi bo‘lishi uchun kifoya qildi. “Kimchxon Sanmu” a’zosi so‘nggi bor 2012 yilda bu musobaqada g‘alaba qozongan Janubiy Koreyani yana oltin medallar sari etaklashi taxmin qilinmoqda.

qirrr

Mirlan Bekberdinov (Qirg‘iz Respublikasi)

Pozitsiya: yarim himoyachi
Saralash bosqichidagi gollar: 3
Hozirgi klubi: "Ilbirs Bishkek"
OFK turnirlaridagi ishtiroki: U-19 "Osiyo chempionati-2020" saralash bosqichi, U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

Mirlan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2020 yilda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ko‘pchilikning e’tibor markazida bo‘lgan edi. Yarim himoyachi ijodkorligi va maydonni yaxshi ko‘ra olishini barchaga isbotladi. Saralash o‘yinlarida raqiblari darvozasiga 3 bor yo‘l topgan “fantazista” Qirg‘iz Respublikasi ishqibozlarining asosiy umidi bo‘lib turibdi.

ummo

Ahad Almashayxi (Ummon)

Pozitsiya: yarim himoyachi
Saralash bosqichidagi gollar: 1
Hozirgi klubi: -
OFK turnirlaridagi ishtiroki: U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

O‘zbekistondagi turnir chiptasi hal etilgan Taillandga qarshi o‘yinda yagona golni kiritgan Ahad bugungi Ummon termasining asosiy yulduzlaridan biri sanaladi. U hali bunday katta musobaqada debyut qilmagan. Shunga qaramay, g‘alabaga o‘ch ekanligi ijobiy natija ko‘rsatishga undashi lozim.

qatapp

Ahmad al-Ravi (Qatar)

Pozitsiya: hujumchi
Saralash bosqichidagi gollar: 5
Hozirgi klubi: "Ar-Rayyan", Qatar Yulduzlar ligasi
OFK turnirlaridagi ishtiroki: "OChL-2022" guruh bosqichi ("Ar-Rayyan" safida), U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi.

Qit’a birinchiligida 15 marta ishtirok etayotgan Qatar jamoasini bugungi yuduzi so‘zsiz Ahmad al-Ravi! U saralash o‘yinlarida Bangladesh va Butan bilan o‘yinlarda bahsning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan. Qatarning “Ar-Rayyan” a’zosi sanaladi. U 2020 yilda bo‘lib o‘tgan OChL bahslarida 4 o‘yinda ishtirok etdi.

sauddd

Abdullo Radif (Saudiya Arabistoni)

Pozitsiya: hujumchi
Saralash bosqichidagi gollar: 5
Hozirgi klubi: "At-Ta’vun", Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
OFK turnirlaridagi ishtiroki: "OChL-2021" ("Al-Hilol" safida), JCh-2022 saralash bosqichi, U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

Abdullo Radif O‘zbekiston mezbonlik qiladigan musobaqada o‘zini ko‘rsatishi taxmin qilinayotganlar orasidagi eng tajribalisi sanaladi. U “Al-Hilol” safida 2021 yilda bo‘lib o‘tgan OChL bahslarida oltin medallarga ega chiqqan. Qo‘shimchasiga, JCh 2022 saralash o‘yinlarida ham ishtirok etdi. U-20 "Osiyo kubogi-2023" musobaqasi uchun o‘tkazilgan saralash o‘yinlarida beshta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

surrrr

Xozan Ravan Usmon (Suriya)

Pozitsiya: hujumchi
Saralash bosqichidagi gollar: 4
Hozirgi klubi: "De Grafsxap", Niderlandiya ikkinchi divizioni
OFK turnirlaridagi ishtiroki: U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

Niderlandiyaning ikkinchi divizionida to‘p tepuvchi yigit Suriyaning saralashdagi og‘ir o‘yinlarida o‘zini munosib ko‘rsatishni uddaladi. Mutaxassislar aynan uni bugungi Suriya futbolining bo‘lajak yulduzi bo‘lishini taxmin qilmoqda.

tojji

Abdulfattoh Xudoidodzoda (Tojikiston)

Pozitsiya: hujumchi
Saralash bosqichidagi gollar: 2
Hozirgi klubi: -
OFK turnirlaridagi ishtiroki: U-16 Osiyo chempionati, U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

Tojikiston U-20 jamoasi sardoridan O‘zbekistondagi musobaqada gollar kutib qolamiz.

o‘zbbb

Shahzod Rahmatullaev (O‘zbekiston)

Pozitsiya: yarim himoyachi
Saralash bosqichidagi gollar: 3
Hozirgi klubi: "Paxtakor", O‘zbekiston Superligasi
OFK turnirlaridagi ishtiroki: U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

O‘zbekiston terma jamoasi yaqinlashib kelayotgan musobaqaning mezboni sanaladi. Bu mamlakat iqtidorli futbolchilarga juda boy. Yarim himoyachi Shahzod Rahmatullaev ham shular jumlasidandir. “Paxtakor” klubi a’zosi U-20 "Osiyo kubogi-2023" musobaqasi saralashida 3 ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. U maydon markazida jamoa o‘yinini boshqarib boradi. Futbolchini chinakam etakchilik qobiliyatini namoyish etadi, degan umiddamiz.

veit

Din Xuan Tin (Vetnam)

Pozitsiya: yarim himoyachi
Saralash bosqichidagi gollar: 3
Hozirgi klubi: "Song Lam Nge An", Vetnam Birinchi ligasi
OFK turnirlaridagi ishtiroki: U-16 "Osiyo chempionati-2018", U-20 "Osiyo kubogi-2023" saralash bosqichi.

Gong-Kongga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan futbolchi Vetnam safida O‘zbekiston maydonlarini “yondirishi” taxmin qilinayotganlardan biri. Maydonda ulkan hajmdagi mehnatni amalga oshiruvchi yarim himoyachi Vetnamning birinchi ligasida to‘p tepadi.

 

Ya . U tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!