
O‘FAda VAR hakamlarini tayyorlaydigan maxsus seminar bo‘lib o‘tdi
O‘FAda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning futbol hakamlari uchun maxsus ikki kunlik VAR seminari tashkil etildi. Unda VAR tizimining joriy etilishi, uchrashuvlarda uning qo‘llanilishi, vaziyatlarni VAR orqali tahlil qilish va qayta ko‘rib chiqish kabi bir qator mavzular bo‘yicha ko‘nikmalar berib o‘tildi.
Mazkur darslarda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham qatnashdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Zamonaviy futbolda VAR tizimi kundan-kunga muhim o‘rin tutib bormoqda. Avvallari bu tizimsiz ham hakamlik amalga oshirilgandi, lekin futbol tobora jadallashib, rivojlanmoqda. Shu sababli VAR kabi texnologiyalar bugungi futbolning bir qismiga aylandi. Ilgari bu tizimni mamlakatimizda joriy qilishni boshlagan paytlarimiz ko‘pchilikda VARga extiyoj bormi, qabilidagi savollar paydo bo‘lgandi. Lekin yakunda ko‘rdikki, mazkur tizimni joriy qilish orqali bir nechta o‘yinlarda adolatning qaror topishiga erishdik”, - dedi Ravshan Ermatov.
Ma’lumot uchun, seminarda o‘zbekistonlik mutaxassislar – Vladislav Tseytlin va Valentin Kovalenko yosh hakamlarga o‘z tajribalaridan kelib chiqib bir qator tavsiyalar berib o‘tishdi. Darslarda Superliganing yakunlangan mavsumidagi ayrim vaziyatlar ko‘rib chiqildi hamda VAR orqali ularni tahlil qilish borasida tushuntirishlar berildi.
O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar