
O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi hakamlar xonasiga kirib, ularni haqorat qilgan jamoa boshlig‘iga qanday jazo tayinladi?
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir qator futbolchilarga nisbatan turli xil sanktsiyalar qo‘llanildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “Navbahor” – “So‘g‘diyona” bahsida maydonda yotgan raqib futbolchisi boshini bosib, noprofessional tarzda tajovuzkor xatti-harakat amalga oshirgan “So‘g‘diyona” a’zosi Sardor Qulmatov 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va unga nisbatan 5 million so‘m jarima belgilandi.
Superliga
Uchrashuv: “Navbahor” – “So‘g‘diyona”
Jarimaga tortildi: Sardor Qulmatov (“So‘g‘diyona”)
Sabab: tajovuzkor xatti-harakat
Qaror: 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya va 5 million so‘m jarima
***
Pro-liga
Uchrashuv: “Yashnobod” – “Turon”
Jarimaga tortildi: Shokir Beknazarov (“Yashnobod”)
Sabab: Raqibga ataydan jiddiy jarohat etkazadigan tarzda zarba berib o‘yin qoidasini buzgani uchun
Qaror: 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya va 1 million so‘m
Uchrashuv: “Zarangari” – “Orol”
Jarimaga tortildi: Ruslanbek Menlimuratov (“Orol”)
Sabab: O‘yin to‘xtab turgan vaziyatda raqibga to‘pni ataydan zarb bilan tepib yuborgani uchun
Qaror: 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya va 1 million so‘m
Uchrashuv: “Ittifoq Navoiy” – “Zomin”
Jarimaga tortildi: Alimardon Murodov (“Ittifoq Navoiy” jamoasi boshlig‘i)
Sabab: O‘yindan so‘ng hakamlar xonasiga kirib, hakamlar sha’niga noma’qul so‘zlar bildirgani uchun
Qaror: 3 million so‘m jarima
Fikrlar