
O‘FA, "Andijon" va "Nasaf" Turkiyadagi zilziladan zarar ko‘rmaganini ma’lum qildi
Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan jamoalarimiz haqida ma’lumotga egasiz. Ayni paytda Turkiya mamlakatida kuchli zilzila kuzatilmoqda.
Ushbu ofat tufayli qurbonlar va jabrlanganlar soni tobora ortib bormoqda. Hozirga kelib, "Nasaf" futbol klubi va O‘FA matbuot xizmati zilziladan zarar ko‘rmaganini ma’lum qildi. "Ajdarlar" mashg‘ulotlar odatdagidek davom etayotganini ta’kidlab o‘tgan.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, er qimirlashi sabab 912 kishi halok bo‘lgani va 5385 kishi jarohat olgani e’lon qilindi.
Fikrlar