Odion Igalo: MYuga kelish uchun barchasiga tayyor bo‘ldim

  • 6 fevral, 2020, 07:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Odion Igalo "qizil iblislar" safiga qanday ko‘chib o‘tgani haqida gapirib berdi.

Tecno

"Agentim Shanxay soati bilan kechgi soat 11 da qo‘ng‘iroq qildi va MYu men bilan shartnoma imzolashga qiziqayotgani haqida xabar qildi. Yarim kechasi uyg‘onib muzokaralar uchun tarjimon izladim, chunki ular MYuga o‘tishim uchun barcha ishni qilishlarini xohladim.

Tuni bilan uxlamadim, chunki ertalab soat 7 da Shanxayda transfer oynasi yopiladi. Menga turli klublardan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Ammo agentimga MYuga o‘tish niyatida ekanligimni aytdim. U esa menga Manchesterda maoshim qisqarishini va bu taklifga rad javobini berishim kerakligini aytdi, biroq bu menga qiziq emasdi, undan faqat MYuga transferim tezroq amalga oshishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini so‘radim", - deydi Igalo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!