
Odion Igalo koronavirus sabab MYuning Ispaniyadagi yig‘inida ishtirok etmaydi
"Manchester Yunayted"ning yangi forvardi Odion Igalo jamoa bilan Ispaniyadagi yig‘inga bormaydigan bo‘ldi. Ushbu vaziyatga mankunianliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher izoh berib o‘tdi.
"Odion Xitoydan kelganiga ko‘p bo‘lmadi, shuning uchun uni Manchesterda qoldirishga qaror qildik. Agar u mamlakatni yana tark etadigan bo‘lsa, Angliyaga qaytishiga ruxsat berilmasligi mumkin", - deydi Sulsher.
Ma’lumot o‘rnida, Odion Igalo "Shanxay Shenxua" klubi futbolchisi hisoblanadi. MYu uni qishgi transfer oynasi vaqtida mavsum so‘nggigacha ijaraga oldi.
Fikrlar