Odil Ahmedov Respublika Olimpiya zaxiralari kollejining yubeleyi uchun ajoyib sovg‘a tayyorladi

  • 30 oktabr, 2021, 16:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, mamlakatimizga ko‘plab mahoratli sportchilarni tarbiyalab bergan Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji (ROZK) tashkil topganiga joriy yil 60 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan, ushbu maskanda bugun katta tadbir tashkil etildi.

Tecno

Tadbir doirasida kollej tarbiyalanuvchilari uchun yangidan barpo etilgan futbol maydonining tantanali ochilish marosimi ham o‘tkazildi.

E’tiborlisi, ushbu maydonni bir paytlar Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida tahsil olib, futbol olamida katta nom qozongan Odil Ahmedov o‘zining shaxsiy mablag‘lari hisobidan qurdirib, o‘zini tarbiyalagan maskanning yubeleyi uchun sovg‘a qildi.

Maydonning ochilish marosimida Turizm va sport vazirining o‘rinbosari A.Karimov hamda o‘tgan yillarda ushbu maskanda faoliyat ko‘rsatgan sport faxriylari hamda sportimiz yulduzlari ishtirok etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!