Odil Ahmedov: "Biz ulg‘aygan paytlarda ham shu kabi sharoitlar yaratilganida "Real" klubida to‘p surgan bo‘lardim"

  • 26 may, 2022, 15:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U-23 –  Tojikiston U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik nazorat uchrashuvi munosabati bilan Bekobod shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov “Metallurg” professional futbol qoshida faoliyat yuritayotgan “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tecno

O‘zbek futboli afsonalaridan biri, jahonning top-klublarida faoliyat yuritgan taniqli mehmon dastavval akademiya futbol maydonlari joylashgan hududda bo‘ldi. O‘FA delegatsiyasi a’zolarida Sirdaryo sohilida joylashgan hamda qisqa fursat ichida akademiya muassislari ko‘magida qurib foydalanishga topshirilgan sun’iy va tabiiy qoplamali futbol maydonlari, futbolchilarning kiyinish, yuvinish xonalari bilan tanishishdi. Shuningdek, ayni paytda barpo etilayotgan yangi, tabiiy futbol maydoni, mashg‘ulot o‘tkazish maydonchalaridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirishdi.

axmedov3_1

Shundan so‘ng Odil Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi o‘quv binosiga tashrif buyurdi. O‘zbekiston metallurgiya kombinati AJ boshqaruvi raisi R.Pirmatov, akademiya direktori A.Sharipov delegatsiya a’zolariga akademiyani barpo etish, ulkan bunyodkorlik ishi tarixi haqida ma’lumot berishdi. Akademiyada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar nufuzli mehmonlarda ulkan taassurot qoldirdi.

“Bizning davrimizda bunday sharoitlar bo‘lmagan. Hozirgi avlodga havas qilaman. Agar biz ulg‘aygan paytlarda ham shu kabi imkoniyat va sharoitlar yaratib berilganida, men “Real” (Madrid) klubida to‘p surgan bo‘lardim”, - deb o‘quvchilarga o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi Odil Ahmedov.

axmedov2

O‘z navbatida akademiya tarbiyalanuvchilari o‘zbek futboli faxriysi bilan anjumanlar zalida uyushtirilgan uchrashuvda o‘zlarini qiziqtirgan turli savollariga javob olishdi. O‘FA vitse-prezidenti akademiya tarbiyalanuvchilariga qarata “bunday imkoniyatdan unumli foydalanish kerak. Sizlarning o‘qishlaringiz, bilim olishlaringiz, yashash, o‘zlaring sevgan kasb – futbolning sir asrorlarini o‘rganishlaringiz uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan ekan. Faqat o‘z ustlaringda ishlanglar. Izlanishdan aslo to‘xtamanglar. Sizlarning orangizdan o‘zbek futboli sharafini xalqaro maydonlarda, jahon chempionatlarida himoya etuvchi futbolchilar etishib chiqishiga ishonaman. Buning uchun faqat ishlash, mehnat qilish zarur. Bugun katta futbolgacha bo‘lgan qisqa fursat ichida ta’mil toshini qo‘yib olishlaring zarur. Yoshlikda olingan bilim sizlarga bir umr asqotadi. Malakali murabbiylardan futbol mahoratlaringizni oshirib borish barobarida boshqa fanlarni ham chuqur o‘zlashtirib boringlar. Ayniqsa, akademiyada xorij tillarini o‘rganish uchun katta imkoniyatlar yaratib berilibdi. Bu sizning baxtingiz, undan albatta foydalanishingiz kerak” deya murojaat etdi.

Uchrashuv so‘nggida O‘zbekiston metallurgiya kombinati AJ boshqaruvi raisi, “Metallurg” PFK prezidenti R.Pirmatov O‘FA vitse-prezidenti Odil Ahmedovga akademiya nomidan esdalik sovg‘asini topshirdi. O‘z navbatida yurtimiz futboli afsonasi “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi esdaliklar kitobiga o‘z tassurotlarini yozib qoldirdi.

“Metallurg” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
26/05/2022 16:29
Odil uzi nimaga ertashi fudboldan ketding. yoshlarga uz tajribangdan ulashsang bularmidi. lekin Odil man ochigi sandan umidim katta edi. Jeparov Kapatzi Aziz Haydarov. Mirjalol Qosimov. kabi san ham. kuproq uynaysan deb uylovdim lekin san forma bula turib. ketding.
26/05/2022 17:57
Одилни футболда эришганлари Косимов, Жепаров ларникидан анча камрок. Бошка уйинчилар футболчиликни ташлаб, мураббийликка утган булса, Одил хатто сардорликни хам эплолмаса хам, вице-президент булиб утирволди. Уни хам эплолмаяпди
Aziz Yuldashev
26/05/2022 16:08
Сал ошириб юборибсиз Одилбой.
Лекин ўшанда Бунёдкорга ўтмагансиз Пахтакорни деб, хурматингиз баланд ошна.
&
salahidin
28/05/2022 10:57
Узбек футболида хеч нарса килолмадинг
Baxil Alihuja
26/05/2022 18:13
Эх Одил! Реалга утиш орзуинг экан, шу орзуни хозирги авлодга яратиш учун нима килаяпсан??? Яратишни эплолмасанг, уз виждонинг билан эпловчиларга бушат! яратиш учун йулбошчилик кобилияти керак. Сенда бу ЙУК-ку?
Baxil Alihuja
26/05/2022 18:10
Одилда лидерлик кобилияти умуман ЙУК! Узбек футболи рахбарларидан бири Одилдек бушанг, тажрибасиз шахс кулига тушгани жуда хам ачинарли!!! Хатто унга тажрибали мутахассислар муаммони тушунтиргани билан узини бушанглиги туфайли у хеч нима килолмайди!
Baxil Alihuja
26/05/2022 18:07
Хар бир инсон 2хил булади. Ижрочи ёки лидер(йулбошчи). Футболчилар хам шундай ижрочи ва лидер. Одил ижрочи сифатида ёмон эмас. Лекин ижрочиликда Миржалол ака, Жепаров, Гейнрихлардан ошиб кетолмаган. Лидерликда эса бутунлай ковун туширган. Сардор сифатида уз жамоадошларига вазифани таксимлолмаган, талаб килолмаган уйинчи бир юмалаб вице-президент булволди. Сардорликни эплолмаган мураббийликни хам эплолмасди. Вице-президентликни гапирмаса хам булади.