Odil Ahmedov adolat bo‘lmasa, futboldan ketishi va faoliyatini qaysi klubda tugatishi haqida fikr bildirdi (Intervyu)

  • 19 fevral, 2021, 21:06
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov SPORTS.uz sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi. Suhbat davomida Ahmedov futboldan so‘ng, o‘zini qaysi sohada ko‘rayotgani haqida fikr bildirdi.

- Futbolchilik faoliyatingiz so‘nggida, «Paxtakor» va «Navbahor»dan taklif kelib tushsa, qay birini tanlaysiz?

- Men «Paxtakor» sharafini himoya qilganman. Jamoa muxlislari mehrini qozonganman. Maosh berilmasa ham maydonga tushganman. Emblema hurmati uchun ham maydonda «jang» qilganman. Dadam rahmatlining eng katta orzusi futbolchilik faoliyatimni Namanganda yakunlashimni istar edilar. Bu ularning azaliy orzusi. Ota-onamning hurmati uchun ham butsalarimni Namanganda mixga ilaman.

- Har qanday boshlangan narsaning yakuni bor. Bir kun kelib futbol ham tugaydi. Odil Ahmedov o‘zini qaysi sohada ko‘rmoqda?

- Men futboldan keyin bor e’tiborimni bolalar futboliga va akademiyaga bag‘ishlamoqchiman. Futbolda halollik bo‘lsa, har taraflama ishlash uchun imkoniyat yaratilsa, adolat bo‘lsagina, akademiyani rivojlantirish bilan band bo‘laman. Aks holda, futboldan umuman ketaman. Sababi, ba’zi joylarda adolat bo‘lmasa, qilingan mehnatning samarasi ko‘rinmaydi. Kelajakda qanday faoliyat olib borishim va nimalar bilan band bo‘lishim aynan shu omillarga bog‘liq. Bular bo‘lmasa, futbolga yaqin ham kelmayman. O‘zimni boshqa bizneslarim ham bor. Shularning o‘zi menga etarli. Futbolga nega e’tibor beraman, bilasizmi? Sababi, aynan shu sport turi sababli men ko‘p yutuqlarga erishdim. Futbol menga hamma narsa berdi. Shu bois, futbolimizga qandaydir foydam tegishini juda xohlagan bo‘lar edim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
19/02/2021 21:50
Одил адолат учун курашиш керак Четдан келиб мана санга Адолат ол дймаеди Адолатни кйлишини кутиб утиб кйтаютганлар куп уларга ухшаб колмайлик Еитар энд шунча йил фудболда адолатсизлар тарафида уйнадингизлар бу ёгига Адолат тарафида уйнангизлар чунки Узбекистон фудболчиларимиз орасида факат сиз бор гапни айтияпсиз очикчасига Сизга фудбоочилар мухлислар кушилади Бошка спорт сохаларида хам Адолатсизлик бордир улар хам кушилар Ота Оналар фарзандимни чимпион киламан дйб пул йигишдан беришдан озод булар балким Тугма талант чимпионларни чикарайлик топайлик борини курсатсин УЗБ Ф.Т.Жни ЖХЧда куриш кандай яхши ха шундай