
OChLda 2 marta yarim finalda ishtirok etgan "Bunyodkor" O‘zbekiston chempionatida qanday karomat ko‘rsatgan?
O‘zbekiston chempionatida ishtirok etgan jamoalar va ularning statistikasini taqdim etishda davom etamiz. Navbat "Bunyodkor"ga.
Avvalroq, "Paxtakor" va "Lokomotiv"ning natijalariga to‘xtalib o‘tgandik. Endi o‘tgan mavsum 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, OChL-2020ga yo‘llanma olgan "qaldirg‘ochlar"ning statistikasiga e’tibor qaratamiz.
"Bunyodkor" ham "Paxtakor" kabi Osiyoda o‘z o‘rniga ega. Jamoa 2 marta Osiyo Chempionlar ligasi yarim finaliga etib borgan. Tarkibida vaqtida Rivaldo va Skolari kabi jahon tan olgan yulduzlar faoliyat yuritgan.
Qit’a miqyosida nom qozongan jamoa ichki chempionatda qanday natijalar qayd etgan? Quyida "Bunyodkor"ning chempionatimizdagi ishtirokiga to‘xtalamiz.
Oliy liganing oxirgi, Superliganing birinchi chempioni, O‘zbekistonning ketma-ket 3 karra g‘olibi, vaqtida "Paxtakor" va "Bunyodkor"ning "davri"ga barham bergan "Lokomotiv"ning natijalari
Ma’lumot o‘rnida, ushbu raqamlar 1992-2019 yillarni o‘z ichiga oladi.
“Bunyodkor”
Tashkil topgan yili: 2005
Stadioni: “Bunyodkor”
O‘zbekiston chempionatidagi ishtiroklari soni: 13
O‘tkazgan o‘yinlari: 356
Ochkosi: 725
To‘plar farqi: 663-235
Yutuqlari: 5 karra chempion
1-o‘rin: 2008, 2009, 2010, 2011, 2013
2-o‘rin: 2007, 2012, 2016
3-o‘rin: 2019
Bosh murabbiy: Vadim Abramov
Rasmiy sayti: fcbunyodkor.com
Chempionlikni qalashtirib tashlagan, barcha mavsumlarda ishtirok etgan 2 jamoadan biri "Paxtakor"ning shu paytgacha to‘plagan ochkolari, to‘plar farqi, o‘yinlari va yutuqlari
Yil |
O‘rni |
O‘yinlar soni |
To‘plar farqi |
Ochko |
2007 |
2 |
30 |
62-16 |
71 |
2008 |
1 |
30 |
75-13 |
79 |
2009 |
1 |
30 |
85-13 |
36 |
2010 |
1 |
26 |
45-10 |
65 |
2011 |
1 |
26 |
51-14 |
61 |
2012 |
2 |
26 |
42-16 |
57 |
2013 |
1 |
26 |
59-13 |
61 |
2014 |
4 |
26 |
44-20 |
51 |
2015 |
4 |
30 |
44-19 |
59 |
2016 |
2 |
30 |
46-13 |
63 |
2017 |
4 |
30 |
47-29 |
52 |
2018 |
4 |
20 |
26-26 |
27 |
2019 |
3 |
26 |
37-33 |
43 |
Fikrlar