OChL. Xavining "Paxtakor" darvozasiga kiritgan goli turning eng chiroyli goli bo‘lish uchun da’vogarlik qilmoqda

  • 25 aprel, 2019, 14:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK rasmiy sayti 4-tur doirasida bo‘lib o‘tgan 16 bahsda kiritilgan gollar orasidan eng chiroyli to‘rttasini tanlab oldi va turning eng chiroyli golini aniqlash borasida so‘rovnoma tashkil etdi.

Tecno

E’tiborlisi, ular orasidan "Al Sadd" yarim himoyachisi Xavining "Paxtakor" darvozasiga jarima to‘pidan kiritgan goli ham joy oldi.

Unga bu borada Sebastyan Jovinko ("Al Hilol"), Omar Al Soma ("Al Ahli", Saudiya Arabistoni) va Rikardo Lopeslar ("Chonbuk Motors") raqiblik qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchining Toshkentdagi bahsda Sanjar Quvvatov darvozasiga kiritgan to‘pi ham 3-turning eng chiroyli goli bo‘lish uchun da’vogarlik qilgan, ammo so‘rovnoma yakunida eronlik Shojai Halilzoda tomonidan kiritilgan gol g‘olib bo‘lgan edi.

 

So‘rovnomada ishtirok etish

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!