
OChL. "Sherlar" bugun o‘z yurishini boshlaydi
Bugun Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi o‘z yurishini Eronning "Traktor" jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi.
Bilasiz, OChL bahslari joriy mavsum markazlashgan holda o‘tkaziladi. BAAning Sharja amirligida o‘tkaziladigan "Traktor"ga qarshi uchrashuvda "sherlar" mezbon sifatida maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi.
"UzReport" telekanali JCh-2022 Osiyo qit’asi saralashi, Osiyo Kubogi, OChL va OFKning boshqa musobaqalari translyatsiya huquqini xarid qilganidan xabardorsiz. "Paxtakor" ishtirokidagi bugungi bahs "Futbol TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar