
OChL. "Sepaxon" - "Al-Ittihod" o‘yini taqdiri nima bo‘ladi?
Xabaringiz bor, OChLning 2-turida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Sepaxon" - "Al-Ittihod" uchrashuvi ma’lum sabablarga ko‘ra qoldirilgandi. Ushbu o‘yin taqdiri nima bo‘lishi aniq bo‘ldi.
Eronlik jurnalistlar xabar berishicha, mazkur bahs qayta o‘tkazilmaydi. Natijada 0:3 hisobida jiddaliklar g‘alaba qozongan bo‘lib, 3 ochkoni qo‘lga kiritadi. Shuningdek, 200 ming dollar jarima va "Naqsh-e-Jahon" stadioni OChLning 3 ta o‘yiniga chetlatiladi. Hali rasmiy ma’lumotlar chiqqani yo‘q.
Ayni paytda "Al-Ittihod" Osiyo chempionlar ligasining "A" guruhida 6 ochko bilan 1-o‘rinda ketmoqda. "Sepaxon" 2, "Eyr-Fors" esa 3-pog‘onani band qilgan. So‘nggi o‘ringa OKMK joylashgan.
Fikrlar