
OChL. Masharipov jamoasi g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi
Osiyo chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Al-Nassr" hamda "Traktor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Dohada kechgan ushbu bahsda riyodliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Vinsent Abubakar tomonidan kiritildi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va to‘liq o‘ynadi.
Fikrlar