
OChL. "Lokomotiv"ning 2-turdagi raqibi yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Jidda shahridagi "Qirol Abdulla Sport Siti" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Dastavval 23-daqiqada Gonsalo Vieyra hisobni ochdi.
Taym so‘nggida Fahad Al Muvallad va Abdulaziz Al Aryanilarning gollari evaziga mezbonlar hisobda oldinga o‘tib olishdi.
Ikkinchi bo‘lim esa to‘liq "yo‘lbarslar" ustunligida kechdi va Xose Sera shogirdlari yakunda 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Shu tariqa "Al Ittihod" o‘z guruhida etakchilikni qo‘lga oldi. 2-o‘rinda esa "Lokomotiv bormoqda. "Al Vaxda" 3, "Al Rayyan" 4-pog‘onani egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, "temiryo‘lchilar" 2-turda 11 mart kuni Qatarda "Al Rayyan" bilan kuch sinashadi.
Fikrlar