
OChL. Kambek, super gollar, qaytarilgan penalti yoxud "Nasaf" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
OChL 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Faysali" uchrashuvi "ajdarlar"ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi taym boshida esa Lima imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ygan bo‘lsa, Abdurahmatov ajoyib goli bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada Stanoevich jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. 84-daqiqada esa Ne’matov penaltini qaytardi.
Shu tariqa, "Nasaf" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda birinchi o‘ringa chiqib olmoqda.
Fikrlar