
OChL. "Al-Hilol" Qatar klubini yanchib tashlab, finalga yo‘l oldi
Osiyo chempionlar ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Al-Duhail" va "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda saudiyaliklar yirik 7:0 hisobida taslim etdi.
Saudiya klubi hujumchisi Igalo poker qilgan bo‘lsa, Marega dubl muallifiga aylandi. Yana bir golni Al Davsari o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Al-Hilol" OChL finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar