OChL. "Al-Hilol" oxirgi 5 o‘yinda 17 ta gol urgan, "Navbahor" esa... (foto)

  • 17 sentabr, 2023, 20:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga "Navbahor" Osiyo chempionlar ligasi doirasida o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan "Al-Hilol" - "Navbahor" uchrashuvi oldidan jahonga mashhur "Goal.com" nashri qiziq statistikani taqdim etdi. 

Tecno

"Al-Hilol" jamoasi barcha musobaqalar doirasida so‘nggi 5 uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan. Klub 4 g‘alaba va bitta durang natija qayd etgan. Saudiyaliklar 17 ta gol urib, o‘z darvozasidan 5 ta to‘p olib chiqqan. 

"Navbahor" esa so‘nggi 5 o‘yinda 3 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. "Lochinlar" ushbu bellashuvlarda atigi ikkita gol o‘tkazib yuborgan. 

Ko‘rinib turibdiki, ertangi bahs hujumi kuchli va himoyasi mustahkam jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘ladi. Ushbu bellashuvda hamyurtlarimizga mufavvaqiyat yor bo‘lishini tilab qolamiz!

hilol_1

navba

 

Shohrux Zoirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!