
“Nyukasl” “Real” va MYu qiziqish bildirgan futbolchini “yo‘ldan urmoqchi”
Avstriyaning “Zaltsburg” klubi hujumchisi Benyamin Sheshko yozgi transfer oynasi paytida Angliya Premer ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. "Express" nashri xabariga ko‘ra, "Nyukasl" futbolchi uchun asosiy da’vogarga aylandi.
Avvalroq Sheshkoga “Manchester Yunayted” va “Real” ham qiziqish bildirmoqda. Biroq “Nyukasl” Benyaminni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashishga tayyor.
O‘z navbatida, Sheshko Avstriya chempionatini tark etishga shoshilmayapti. U yana bir mavsum “Zaltsburg”da qolib, keyingi mavsumdan kuchliroq chempionatga o‘tish borasidagi takliflarni ko‘rib chiqmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, Benyamin Avstriya chempionatining dastlabki 3 o‘yinida qatnashib, bitta gol va bitta golli uzatmani muallifiga aylangan.
Fikrlar