
"Nyukasl" "Lester" yulduzi uchun katta pul taklif qildi
Angliyaning "Nyukasl" jamoasi tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.
Jumladan, "qarg‘alar" "Lester" futbolchisi Jeyms Meddisonni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Ular angliyalik futbolchi uchun 40 million funt sterling taklif qildi. "Tulkilar" mazkur taklifni rad etdi.
"Nyukasl" miqdorni oshirishga tayyor. Biroq 25 yoshli xavbekni "Lester" o‘z tarkibida olib qolmoqchi va unga uzoq muddatli shartnoma taklif qilyapti.
O‘tgan mavsumda Meddison APL doirasida 35 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol hamda 8 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar