
"Nyukasl" chuchvarani hom sanabdi
Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, "Nyukasl" yanvar oyidagi transfer paytida o‘z tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini izlashda davom etmoqda va bu boradagi e’tiborini "Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisga qaratdi.
Yuqoridagi manbaga qaraganda, neapolliklar ispaniyalik futbolchining transferi uchun ingliz klubidan 40 million evrolik taklif olgan, biroq ular bu taklifni darhol rad etishgan.
Fabian Ruis joriy mavsum A Seriyada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar