Noyer yaxshilikni bilmas ekan. U o‘z muxlisi ustidan kuldi (mi?)

  • 21 iyul, 2022, 18:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer hamyonini taksida tushirib qoldirgan, biroq buni payqagan haydovchi hamyonni egasiga qaytarib bergan, deb xabar beradi “Bild” nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, hamyonda 800 evro, shuningdek, futbolchining kredit kartalari bo‘lgan. Taksi haydovchisi omonatni darvozabonga qaytarish uchun 120 kilometr yo‘l bosib o‘tgan. Biroq u hamyonni futbolchiga emas, balki  uning yordamchisiga berdi.

Noyer haydovchiga minnatdorchilik belgisi sifatida o‘z libosini sovg‘a qilgan. Bu esa taksi haydovchisining jahlini chiqargan, boisi, hamyonni qaytarish uchun 400 evro sarflagan.

“Bun mening ustimdan kulishdan boshqa hech narsa emas. Mening to‘rt farzandim bor. Men bu futbolka bilan hech qaysini xursand qila olmayman”, - dedi taksi haydovchisi.

36 yoshli Noyer o‘tgan mavsumda “Bavariya”ning barcha musobaqlar doirasidagi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol o‘tkazib yuborgan va 14 marta o‘z darvozasini dahlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!