
Noyer sharmandali mag‘lubiyatga izoh berdi
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer kecha Ispaniyaga qarshi o‘yinda qabul qilingan 0:6 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, UEFA rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Birinchi goldan keyin o‘zaro bir-birimizni tushunmay qoldik. Bizga bugun shu narsa etishmadi. Hozir bunday natijaning vaqti emas edi, lekin vaziyatni to‘g‘rilash uchun hali imkon bor”, - dedi Noyer.
Aytish kerakki, Noyer faoliyati davomida ilk bor bir o‘yinda o‘z darvozasidan 6 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar