"Nottingem Forest" Elanga transferini hal qildi

  • 21 iyul, 2023, 23:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nottingem Forest "yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirmoqchi. Klubning asosiy maqsadlaridan biri bu "Manchester Yunayted" vakili Antoni Elangani sotib olishdir. 

Tecno

"Mail Sport" nashri xabar berishicha, "Nottingem Forest" Elanga transferini yakunlash arafasida turibdi. Mazkur xarid klubga 15 million funtga tushishi kutilmoqda.

Shvetsiyalik futbolchining MYu bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Dastlab u ijara asosida qaysidir klubga o‘tishi borasida mish-mishlar chiqqandi. Ammo Ten Xagning rejalariga kirmagan Antoni "qizil iblislar" safini tark etishga qaror qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!