Nodirbek Abdusattorov bugun 3 nafar hindistonliklarga qarshi dona suradi. Ulardan biri Gukesh!

  • 30 noyabr, 2022, 10:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Shaxmatchimiz GM Nodirbek Abdusattorov Hindistonning Kalkutta shahrida start olgan "Tata Steel Chess Indian 2022" musobaqasi rapid yo‘nalishida o‘z ishtirokini boshladi. Abdusattorov kecha 3 tur yakuniga ko‘ra 1.5 ochko jamg‘argan. Shuni ta’kidlash lozimki, u 3-turda kuchli shaxmatchilardan biri AQShlik GM Xikaru Nakamurani mag‘lub etgan edi. 

Tecno

Bugun musobaqa doirasida yana 3 ta tur bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtimiz barcha turda Hindiston vakillariga qarshi dona suradi. 

Uning raqiblari quyidagi shaxmatchilar bo‘ladi: 

4-tur: GM Vidid Santosh

5-tur: GM Gukesh

6-tur: GM Seturaman

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!