Nikola Skira: Mourino Shomurodovni rejasiga kiritmagan. Unga A Seriyaning 3 klubi da’vogar

  • 17 noyabr, 2022, 01:19
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transferlar vaqtida rimliklar safini tark etishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Nikola Skira xabar qilmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, hujumchi "bo‘rilar" ustozi Joze Mourinoning rejalariga kirmagan. Shomurodov katta ehtimol bilan qishda o‘z klubini o‘zgartiradi. Ayni paytda unga A Seriyaning 3 klubi da’vogarlik qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, "Montsa", "Sampdoriya" va "Torino" Eldor uchun taklif bilan chiqishga tayyor.

Avvalroq, hujumchiga Italiyaning boshqa bir jamoasi "Bolonya" qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi, biroq klub rahbariyati bu xabarni rad etdi.

Ma’lumot o‘rnida, futbolchimiz joriy mavsum "Roma"ning barcha musobaqalar doirasidagi 8 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 gol muallifiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!