
Niko Kovach Germaniyada birinchi bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek kecha "Bavariya" Germaniya kubogi finalida "RB Leyptsig"ni 3:0 hisobida engdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Bundan avvalroq Bundesligada ham chempionlikni tantana qilishgan myunxenliklar shu tariqa mavsumda oltin dublni qayd etishdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra “Bavariya” ustozi Niko Kovach ham futbolchi, ham murabbiy sifatida Germaniyada oltin dubl (chempionat va kubok) qayd etgan ilk mutaxassis bo‘ldi.
Fikrlar