
Nihoyat, Kavani o‘ziga jamoa tanladi
“Manchester Yunayted”dan ketganidan beri erkin agent sifatida yurgan Edinson Kavani o‘ziga jamoa tanladi.
Bir necha manbalarning yozishicha, urugvaylik to‘purar faoliyatini “Valensiya”da davom ettirishga qaror qilgan. Tomonlar ikki yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda.
Edinson Kavani Evropada uzoqroq muddat qolishi uchun “Valensiya” taklif qilgan variant eng maqbuli bo‘lgani uchun shu qarorga kelgan.
35 yoshli futbolchi Urugvayning “Danubio” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007 yili Evropaga ko‘chib o‘tganidan keyin “Palermo”, “Napoli”, PSJ va “Manchester Yunayted” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Edinson klublar miqyosida 615 ta o‘yinda maydonga tushib, 360 ta gol va 73 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar