Niderlandiya terma jamoasi ustozidan ajoyib natija

  • 26 sentabr, 2022, 12:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amsterdamda Millatlar ligasi guruh bosqichining 6-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Niderlandiya Belgiyani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

"Lolalar yurti" terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal uchun bu terma jamoa boshqaruvidagi 37-g‘alaba bo‘ldi. Mutaxassis ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Dik Advokatga etib oldi.

Ma’lumot o‘rnida, murabbiylar orasida uchinchi o‘rinda Bob Glendenning (36), 4-o‘rinda Marko van Basten (35), 5-o‘rinda Bert van Marveyk (34) bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!