Niderlandiya irodali tarzda g‘alaba qozondi va boshqa natijalar

  • 11 sentabr, 2023, 02:27
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Niderlandiya Irlandiyaga qarshi o‘yinda kambek qilgan bo‘lsa, Gretsiya Gibraltar darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. Albaniya esa Polshani ishonchli hisobda taslim qildi. 

Tecno

Irlandiya - Niderlandiya uchrashuvida hisobni 4-daqiqada Ayda ochdi. Oradan 15 daqiqa o‘tar-o‘tmas Gakpo imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 56-daqiqada Vegxorst g‘alaba golini urdi. 

Niderlandiya bilan bir guruhdan o‘rin olgan jamoalar Gretsiya va Gibraltar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Pelkas hisobni ochdi. Shundan keyin Movrapans va Masouras dubl qilib, oradagi farqni 5 taga etkazib qo‘ydi. 

 

Ushbu uchrashuvlardan keyin "B" guruhida Niderlandiya 2, Gretsiya 3-o‘ringa joylashdi. Frantsiya 15 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 

Mazkur turda Albaniya Polshani 2:0 hisobida taslim qildi. Dastlab, Asani jamoasini oldinga olib chiqdi. Daku 62-daqiqada tafovutni oshirib qo‘ydi va Silvino shogirdlari o‘z guruhida 1-o‘ringa chiqib oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!