Niderlandiya bosh vaziri Baydenga: "Kechir, Jo! Ammo futbol g‘alaba qozondi"

  • 4 dekabr, 2022, 01:14
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati nimchorak final bosqichi doirasidagi Niderlandiya - AQSh uchrashuvida evropaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

O‘yindan keyin Niderlandiya mamlakat bosh vaziri AQSh Prezidenti Jo Baydenga javob qaytardi. Bayden jamoasining "uchar gollandlar"ga qarshi bahsi oldidan "Tvitter"dagi sahifasida tvit qoldirgan. Unda quyidagi so‘zlar yozilgandi: "Bu - sokker deyiladi. Olg‘a, AQSh!"

Bunga Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte shunday javob qaytardi: "Kechir, Jo! Ammo futbol g‘alaba qozondi".

Endi "lolalar yurti vakillari" 1/4 final uchrashuvini Argentina - Avstraliya bellashuvi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!