Niderlandiya — Argentina bahsi o‘lim bilan yakunlandi

  • 10 dekabr, 2022, 11:07
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amerikalik jurnalist, CBS Sports muxbiri Grant Uol Niderlandiya va Argentina o‘rtasidagi o‘yin vaqtida vafot etdi. Bu haqda uning ukasi Erik ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi. Jurnalistning o‘limini AQSh futbol federatsiyasi ham tasdiqladi.

Tecno

Uol to‘satdan Lusail stadionidagi media zonada hushidan ketdi. Tez tibbiy yordam xodimlari unga voqea joyida yordam ko‘rsatishgan, shundan so‘ng jurnalist kasalxonaga etkazildi. Uolning ukasi akasining avvalroq yurak-o‘pka reanimatsiyasidan o‘tgani, ammo bu yordam bermaganini aytdi. Grant Uol 10 dekabr kuni ertalab mahalliy kasalxonada vafot etdi, deb xabar berdi LA Times.

Jurnalist 48 yoshda edi. Avvalroq u Qatardagi stadionda kamalak rangidagi futbolka uchun hibsga olingandi. Uolning oilasi uning o‘limini uyushtirilgan deb o‘ylamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!