
Neymarning nafsi transferga to‘sqinlik qilyapti
PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar yozda boshqa klubga o‘tishi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.
Relevo nashrining ma’lum qilishicha, “Nyukasl” jamoasi kelasi mavsum Chempionlar ligasida qatnashish uchun tarkibini kuchaytirish maqsadida katta transferlarni amalga oshirmoqchi.
Ushbu manba “qarg‘alar” Neymar transferini rejalashtirayotganini yozdi. “Nyukasl” mutasaddilari 31 yoshli hujumchi bilan muzokarani boshlagan. Biroq, Neymar talab qilayotgan maosh angliyaliklarni o‘ylantirib qo‘ydi.
Transfer mutaxassislari Braziliya terma jamoasi etakchisining moliyaviy talablariini Angliya grandlaridan boshqa klublar ko‘tara olmasligini ta’kidlagan edi. Biroq, dunyoning eng badavlat klublaridan hisoblangan “Nyukasl” ham Neymar so‘rayotgan maoshni to‘lamoqchi emas.
Neymar o‘ziga boshqa jamoa topishi uchun maosh bo‘yicha talabini yumshatishiga to‘g‘ri keladi. Aks holda u PSJ bilan 2025 yilning yozigacha tuzilgan shartnomasi yakunigacha Parijdagi bosimlarga chidashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar