Neymarga xunuk xabar

  • 2 noyabr, 2023, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Hilol” hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi safida jarohat olgan edi. Qo‘shimcha tekshiruvlar forvardning tizzasi jiddiy shikastlanganini aniqladi.

Tecno

O Globo nashrining yozishicha. Neymar operatsiya qilinadi. Hujumchi talabiga ko‘ra, jarrohlik amaliyotini Belu-Orizonti shahrida Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmar boshqaradi.

Operatsiyaga “Al-Hilol” roziligini olish kerak bo‘ladi. Saudiyaliklar Neymar Parijda operatsiya qilinishini rejalashtirgan edi. Biroq futbolchining o‘zi amaliyotni Lasmar o‘tkazishini so‘ragan.

Ta’kidlash joizki, Lasmar Neymarning 2018 yildagi va joriy yilning bahoridagi jarohatlarini davomlashda unga yordam ko‘rsatgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Neymar o‘zini tiklab olishi uchun kamida o‘n vaqt ketadi va bu braziliyalik yulduz joriy mavsumda boshqa maydonga tushmasligini anglatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!