Neymar yana janjal chiqardi. U endi Braziliya termasida o‘ynamoqchi emas

  • 17 oktabr, 2023, 09:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Hilol” jamoasi hujumchisi Neymar Braziliya futbol federatsiyasi prezidenti Ednaldo Rodriges bilan urishib qoldi va uni haqoratladi.

Tecno

Taniqli jurnalist Joze Karlush Araujoning xabar berishicha, endi  Neymar Braziliya terma jamoasi uchrashuvlarga boykot e’lon qilini bildirgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining saralash musobaqasi uchinchi turida Venesuela bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yindan keyin muxlislardan biri Neymarga bodroq uloqtirdi.

Ko‘ngilsiz voqeadan keyin kiyim almashtirish xonasiga ketayotgan mashhur futbolchi federatsiya rahbariga duch kelib qolgan va uni o‘yin uchrashuv noto‘g‘ri joy tanlaganlikda ayblagan. Kelishmovchilik shundan kelib chiqqani aytilmoqda.

Ziddiyatga qaramay, Neymar terma jamoa bilan 18 oktyabr kuni Urugvay bilan bo‘ladigan uchrashuvga uchib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!