
Neymar va Koutino birga o‘ynaydi
Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabi 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati saralash turniriga taklif qilinadigan 23 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Bu tarkibdan Evropa Chempionlar ligasi finalida bir biriga qarshi o‘ynagan Neymar va Filippe Koutino ham joy oldi.
Tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabonlar: Alisson («Liverpul»), Veverton («Palmeyras»), Santos («Atletiko Paranaense»).
Himoyachilar: Danilo («Yuventus»), Menino («Palmeyras»), Lodi («Atletiko»), Telles («Portu»), Silva («Chelsi»), Markinos (PSJ), Filipe («Atletiko»), Kayo («Flamengo»).
Yarim himoyachilar: Kazemiro («Real»), Fabino («Liverpul»), Gimaraesh («Lion»), Luis («Aston Villa»), Ribeyro («Flamengo»), Everton («Benfika»), Koutino («Barselona»).
Hujumchilar: Neymar (PSJ), Jezus («Man Siti»), Rodrigo («Real»), Firmino («Liverpul»), Risharlison («Everton»).
Braziliyalik futbolchilar 9 oktyabr kuni Boliviya va 13 oktyabrda Peruga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar