
Neymar tanqidlardan to‘ydi va o‘ziga boshqa jamoa tanladi
PSJ hujumchisi Neymar o‘ziga bo‘layotgan bosimlarga dosh berolmay qoldi. Braziliyalik futbolchi parijlik muxlislar va matbuotning tanqidlarini ko‘tara olmayapti.
Le Parisien nashrining ma’lum qilishicha, Neymar yozda jamoani tark etishga moyil. 30 yoshli hujumchi o‘ziga “Chelsi”dan jiddiy qiziqish bo‘layotganini biladi va ularning safiga qo‘shilishga qarshi emas.
Bundan tashqari, PSJ xo‘jayinlari ham yozda Neymarni transferga qo‘yishga qarshi emas.
“Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy bilan Neymar transferini 60 million evroga amalga oshirish bo‘yicha muzokara boshlagani haqida ham ma’lumotlar bor.
Fikrlar