
Neymar "Navbahor"ga qarshi maydonga tushmasligi mumkin
"Al-Hilol" - "Navbahor" uchrashuvida Neymar maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda klub bosh murabbiyi Xorxe Jezus ma’lum qildi.
"Neymar o‘zini noqulay his qilmoqda. Ertaga u bahsda ishtirok eta olmasligi mumkin. Bu borada tez orada aniqroq ma’lumot beramiz. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng hujumchining "Navbahor"ga qarshi o‘ynash-o‘ynamasligi ma’lum bo‘ladi", - dedi 69 yoshli murabbiy.
Neymar "Ar-Riyod"ga qarshi uchrashuvda riyodliklar safidagi debyutini amalga oshirgan edi. Shuningdek, braziliyalik futbolchi bitta assist ham amalga oshirishga ulgurdi.
Fikrlar