
Neymar Messi haqida nimalar deganini bilasizmi?
PSJ hujumchisi Neymar argentinalik jamoadoshi Lionel Messiga bo‘lgan munosabatini gapirib berdi.
- Leo har doim meni ilhomlantiradi. U jahon chempionati bo‘ladimi yoki yo‘q, shunday bo‘lib kelgan. Men “Barselona”ga ko‘chib o‘tganimda Messi juda yaxshi qo‘llab-quvvatlagan.
Messi 35 yoshida ham g‘alaba qozonayotganini ko‘rib, men ham unga o‘xshagim keladi. Mening ham hamma ishlarim yaxshi bo‘lishiga umid qilaman, - dedi Neymar.
Lionel Messi va Neymar “Barselona”da birga o‘ynagan davrida eng kuchli hujum tandemlaridan hisoblangan. Taqdir taqozosi bilan ikki o‘yincha PSJda yana birlashdi.
Fikrlar