
Neymar: Meni kuting, “Barselona”da o‘ynayman (foto)
PSJ hujumchisi Neymar shu yozda Kataloniyaga ko‘chib o‘tishdan umidini uzgani yo‘q. Ispaniyaning mashhur nashri Mundo Deportivo muqovasida Neymarning “Barselona”ga o‘tishiga bag‘ishlangan ma’lumot va surat chop etdi.
Neymar pandemiyadan oldan Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Lekin tomonlar transfer narxini kelisha olmadi. Endi karantin tufayli kelib chiqqan iqtisodiy vaziyatni inobatga olga parijliklar braziliyalik futbolchining narxini 150 million evrogacha tushirdi. PSJ o‘z tarkibida o‘ynashni istamayotgan hujumchidan tezroq qutilmoqchi. Neymarning yangi narxi “Barselona”ga qo‘l kelishi mumkin.
Neymar PSJ tarkibida 80 ta uchrashuvda 69 ta gol urgan va 39 ta olli pas bergan. Yana ikki yillik shartnomaga ega bo‘lgan to‘purar PSJni tinchgina, shov-shuvlarsiz tark etib, La Ligaga ko‘chib o‘tishni istamoqda.
Fikrlar