
Neymar rahbar bilan urishib qoldi
PSJ hujumchisi Neymar klub sport direktori Luish Kampush bilan urishib qoldi.
Luish Kampush joriy mavsum oldidan klubga kelgandi. Uning ishlab chiqqan transfer siyosati aksariyat futbolchilarga ma’qul kelmayapti.
L’Equipe nashrining ma’lum qilishicha, Luish Kampush olib kelgan futbolchilarning birortasi o‘zini ko‘rsata olmagan.
Ma’lumki, Luish Kampush kelganidan keyin PSJga Nordi Mukiele, Vitinya, Fabian Ruis, Karlos Soler, Renatu Sanshesh va Ugo Ekitike transfer qilingan edi. Bu o‘yinchilardan hech biri hali o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
Keyingi paytda Neymarning PSJdagi kelajagi mavhum ekani, klub uni sotib yubormoqchiligi va asosiy xaridor sifatida “Chelsi” nomi tilga olinayotgani haqida xabarlar chiqmoqda.
Fikrlar