
Neymar eng zo‘r futbolchi “Real”da o‘ynayotganini aytdi
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Neymar “Real”dagi hamkasbi va hamyurti Vinisius Juniorni yilning eng yaxshi futbolchisi, ekanini ta’kidladi.
- Men Vinisiusni yilning eng zo‘r futbolchisi, deb hisoblayman. U mavsumni yuqori darajada o‘tkazdi.
Karim Benzema ham undan qolishmadi. To‘g‘risini aytganda men mavsum davomida ko‘p ham futbol tomosha qilmadim. Lekin ko‘rganlarim orasida Vinisius eng zo‘ri bo‘lganini bilib oldim, - dedi Neymar.
Parijda o‘tkazilgan Chempionlar ligasi finalida aynan Vinisius Juniorning “Liverpul” darvozasi tomon yo‘llangan yagona aniq zarbasi madridliklarning g‘alabasini ta’minladi.
Fikrlar