
Neymar “Barsa” bilan kelishib bo‘ldi, faqat...
PSJ hujumchisi Neymar yozda o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Parij kulbi rahbariyati yangi loyihani boshlamoqda va unda katta maosh oladigan nomdor futbolchilarga o‘rin yo‘q.
Neymarning PSJdagi holatiga havas qilib bo‘lmaydi. Keyingi paytda 31 yoshli yulduzga matbuot va muxlislar tomonidan katta bosim o‘tkazilyapti.
Braziliyalik hujumchi oldida avvalgi jamoasi – “Barselona” varianti ham bor. Insayder Xolid Validning ma’lum qilishicha, har ikki klub Neymar transferi bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgan. Biroq, bu transfer amalga oshishi uchun birgina to‘siq bor.
Manbaning ta’kidlashicha, Neymarning maoshi yuqoriligi unga yangi ish joyi topishga to‘sqinlik qilyapti. “Barselona” rahbariyati Neymar qaytishi uchun PSJ uning maoshini bir qismini to‘lashi kerakligi talabini qo‘ydi.
Agar Parij klubi bu talabni qabul qilsa, Kataloniya jamoasi Neymarni bir yoki ikki mavsumga ijaraga oladi.
Fikrlar