
"Neftchi"ning dastlabki yig‘ini yakunlandi, endi mashg‘ulotlar Turkiyada davom ettiriladi
Yangi mavsumga 6 yanvar sanasidan Toshkent shahrida qizg‘in tayyorgarlikka kirishgan “Neftchi” futbol klubi kuni kecha “Buxoro” jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan sinov-nazorat o‘yini orqali birinchi bosqich jarayonini yakunladi.
Ilhom Mo‘minjonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilarga qisqa ta’til taqdim etdi. 19 yanvarda jamoa a’zolari yana Toshkentda yig‘ilib, ertasi kuni tasdiqlangan reja asosida ikkinchi bosqich yig‘inlarini o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l oladilar.
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar