
"Neftchi"dan ketgan Vladimir Nazarov Superliganing boshqa klubiga o‘tdi (foto)
Termizliklar safiga navbatdagi futbolchi qo‘shildi. Endi «Surxon» sharafini o‘zbek futboli muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Vladimir Nazarov himoya qiladi.
2002 yil 8 iyun kuni tavallud topgan Vladimir Nazarov professional futbolchilik faoliyatini «Paxtakor» U-21, «Olimpik» va «Neftchi» kabi klublarda o‘tkazgan.
Shuningdek, o‘tgan mavsum «Neftchi» safida harakat qilib, Superliganing eng yaxshi darvozabonlar qatorasiga kirdi.
2023 yilda esa, Nazarov O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasida bronza medali sohibiga aylandi.
"Surxon" matbuot xizmati.
Fikrlar